Adabiy suhbat mavzusi taniqli o‘zbek adibi, shoir va tarjimon Oybek sheʼriyati, uning adabiyotshunoslik hamda badiiy tarjimachilikka qo‘shgan hissasiga bag‘ishlandi.
Suhbat davomida adibning "Qutlug‘ qon", "Navoiy" romanlari, "Nur qidirib", "Bolalik" kabi avtobiografik asarlari, sheʼriy to‘plamlari va jahon adabiyotidan nafis tarjimalariga nazar solindi.
Talabalar Oybekning ilmiy va adabiy merosi bilan birga Adiblar xiyoboni ansamblida qad rostlab turgan atoqli adiblar haqida ham maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.






