🎶 Musiqa ta’limi yo‘nalishining iqtidorli talabalari televideniye va turli anjumanlarda musiqiy chiqishlari bilan faollik ko‘rsatmoqdalar.
📺 Sh.Mardonov, A.Ibrohimov, L.Chorev va Sh.Mahmudov
📌 “Mahalla” telekanalining “Repertuar” ko‘rsatuvida taniqli estrada xonandalari bilan jo‘rnavozlikda musiqiy asarlar ijro etdilar.
📌 Talabalar hamkor universitetlarda o‘tkazilayotgan anjumanlarda ham faol ishtirok etmoqdalar.
🎤 Toshkent davlat transport universitetida bo‘lib o‘tgan
“Boburxonlik va Navoiyxonlik” anjumanida
🎵 M.Suyunboyeva o‘zbek va tojik xalq kuylaridan popuri ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
🌟 Tadbirda u O‘zbekiston xalq hofizi Xasan Rajabiy e’tirofiga ham sazovor bo‘ldi.




