Universitetimizga qabul qilindingiz, biroq to‘lov shartnomasini to‘lashga mablag‘ topolmayapsizmi?
Unda mamlakatimizdagi 12 ta tijorat banki tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim kreditidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Buning uchun talim-krediti.uz saytiga kirib, "Ariza qoldirish" tugmasi orqali onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.
Murojaatingiz bank tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Arizangizga ijobiy javob olingan taqdirda, o‘zingiz tanlagan bank orqali 1 ish kunida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishingiz mumkin.
Kreditlar bank tomonidan 14 foizlik stavka bo‘yicha ajratiladi hamda o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza
- Pasport
- Kreditni qaytarish bo‘yicha ta’minot
- Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma




