O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga muvofiq Xalqaro Nordik universiteti huzurida ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash tuzildi.
XNU huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasi o‘tkazishga ruxsat berildi:
📎 08.00.07 - "Moliya, pul muomalasi va kredit";
📎 08.00.13 - "Menejment";
📎 08.00.03 - "Sanoat iqtisodiyoti";
📎 13.00.02 — "Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" (iqtisodiyot fanlari).
XNU rektori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) professor Sherzod Mustafakulov raisligidagi ilmiy kengashning 21 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi.




