📌 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 Tashkiliy masalalar – yangi tayinlovlar tasdiqlanib, tanishtirildi.
🔹 Kafedralarda o‘quv va o‘quv-uslubiy hujjatlarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha hisobotlar eshitildi.
🔹 2023/2024 o‘quv yilining birinchi semestri yakunlari bo‘yicha talabalarni fanlar kesimida baholash tahlili va yangi semestrga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Rektor stipendiyasi bo‘yicha tanlovlarni tashkil etish va eng yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega talabalarni rag‘batlantirish tizimi muhokama qilindi.
🔹 Toshkent xalqaro matematika olimpiadasini tashkil etish va normativ hujjatlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
📌 Kengashda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.




