🎓 Universitetimizning Bolalar adabiyoti fani o‘qituvchisi, PhD ilmiy darajasi egasi Sitorabonu Shomurodova ilm va ijodda peshqadam ustozlarimizdan biridir.
🏆 Ushbu yutuqlarga ega:
🔹 "Zomin-2021" tanlovi (respublika seminari) g‘olibi
🔹 "Yalpizlarga oshiq qiz" she’riy to‘plami muallifi
🔹 She’rlari "Yurtni sevmoq saodati", "Bog‘u bo‘stonim Vatan" kabi to‘plamlarda chop etilgan
🔹 G‘azallari "G‘azal g‘izoli" bayoziga kiritilgan
🎉 Quvonarlisi, Sitorabonu Shomurodova 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayol ijodkorlar safida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi!
📚 Bu nafaqat ustozimizning, balki universitetimizning ham katta yutug‘idir!




