📌 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum - "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xorijiy davlatlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.
🔹 "Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalari muxbirlari Latviya, Shvetsiya va Finlandiyada bo‘lib, Xalqaro Nordik universiteti ko‘magida tahlil markazlari, ekspertlar va iqtisodchi olimlarning fikrlarini o‘rgandi.
🗞 Bugungi gazeta sonida chop etilgan "Konstitutsiyaviy islohot - O‘zbekistonning yorqin kelajagi kafolati" maqolasida xorijiy ekspertlarning nuqtai nazarlari yoritilgan.
📢 Konstitutsiyaviy islohotlar mamlakat rivoji uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratishga xizmat qiladi!




