Muzokaralarda qator istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi, jumladan:
✅ Oliy ta’lim tizimida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish
✅ Malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha kurs va seminarlar tashkil etish
✅ O‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Euronews bazasida malaka oshirishi
✅ Ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni dunyoga tanitish
✅ Media kontentlar, podkastlar hamda turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kelgusida O‘zbekistonning madaniy merosi, turizm salohiyati va asriy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda. Ushbu hamkorlik yurtimizni xalqaro miqyosda tanitishda muhim qadam bo‘ladi.







