Xalqaro Nordik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Akademik litseyi rahbariyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Anglashuv memorandumi imzolandi.
📌 Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib boriladi:
🔹 Akademik hamkorlik va o‘quv dasturlarini rivojlantirish
🔹 Ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
🔹 Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish
🔹 Qo‘shma konferensiya, seminar va ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish
📢 Ushbu kelishuv oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.




