📌 Universitetimizda Qozog‘iston Respublikasi maktab direktorlari va pedagog-o‘qituvchilar uchun xalqaro o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.
O‘quv kursi ochilish marosimida Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov va Abdulla Avloniy nomidagi Milliy Tadqiqot Instituti rektori Ayubxon Radjiyev xalqaro tajribalarni o‘rganish ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.
📌 Kurs davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqilmoqda:
✅ Maktablarda raqamli blokni baholash yondashuvlari
✅ Raqamli infratuzilma va elektron ta’lim vositalari
✅ Raqamli o‘qitish usullarini ishlab chiqish va ta’limda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash
📆 Xalqaro o‘quv kursi 29-yanvarga qadar davom etadi.




