Xalqaro Nordik universiteti ( https://nordicuniversity.org/ ) ta’lim delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin shahrida o‘tkazilgan xalqaro malaka oshirish dasturidagi ishtiroki ustozlarimizga kasbiy faoliyatlariga kengroq nazar solish imkonini berdi.
Dastur doirasida AI asosida til o‘qitish, raqamli baholash va feedback tizimlari, innovatsion dars loyihalash hamda taʼlim muhitiga moslashtirilgan amaliy workshoplar tashkil etildi.
Akademik va ilmiy tashriflar ham o‘tkazilib, taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan modellari yaqindan o‘rganildi. Xususan, delegatsiyamiz Chongqing Industry Polytechnic University — Chunsin sanoat politexnika universitetining
Iqtisodiyot va menejment, Sun’iy intellekt va Big maktablari hamda Nanchuan kampusi ( 重庆工业职业技术学院英文版
https://english.cqipc.edu.cn/ ), China Merchants Testing Vehicle Technology Research Institute — China Merchants avtotransport vositalarini sinovdan o‘tkazish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (招商局检测车辆技术研究院有限公司
https://www.cmvr.com.cn/ ) Chongqing Institute, Chinese Academy of Sciences (CAS) — Xitoy Fanlar akademiyasining Chunsin instituti ( http://english.cigit.cas.cn/ ), Sino-German Rhein Innovation Center (https://sgicenter.com/) — Xitoy–Germaniya “Rhein” innovatsiya markazining yuqori texnologiyalar hududlarida bo‘ldilar. Ushbu nufuzli universitetlar bilan xalqaro tajriba va ilmiy hamkorlik aloqalari o‘rnatildi, qo‘shma loyihalar uchun zamin yaratildi.













