🎓 Xalqaro Nordik universitetining Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti dekani Elshod Umarov Tailandda o‘tkaziladigan Butunjahon Yoshlar Harakati Sammitiga (UYLS-2024) delegat sifatida tanlandi.
🌍 Sammit butun dunyodan yosh liderlarni birlashtiradi.
📌 Bu harakat ta’limga innovatsion yondashuv orqali kelajak yetakchilarini tayyorlashga xizmat qiladi.
📍 Bangkok delegatlari 2024-yilda quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etadilar:
✅ Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid seminarlar,
✅ Dunyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish strategiyalari bo‘yicha tajriba almashish,
✅ Diplomatik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
🏆 O‘zbekiston yoshlarini global miqyosda munosib ifodalashga qo‘shayotgan hissasi uchun Elshod Umarovni tabriklaymiz!
📢 #Universal_Youth_Leadership_Summit
📢 #Tailand_2024




