Kengashda Nordik universiteti mustaqil tadqiqotchisi Turg‘unov Jasurbek Alimardon o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov ilmiy rahbarligida tayyorlangan "Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga taʼsirini baholash" mavzusidagi nazariy va amaliy ahamiyatli himoya ishi mohiyati bilan keng tanishtirdi. Mavzuning dolzarbligi, tadqiqot jarayonida olingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan ilmiy, amaliy tavsiyalarga keng to‘xtaldi. Barcha savollarga atroflicha javoblar berdi.
Shuningdek, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Odiljon Rixsimbayev ilmiy rahbarligida Mirzaraximova Aziza Baxrom qizining "Elektron sog‘liqni saqlash" tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlarning tadqiqoti" mavzusida himoya ishi keng muhokama qilindi.
Har ikki nomzod PhD ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlarini munosib yoqladilar.













