📌 Universitetda xodimlar manfaatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotini tuzishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📢 Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar:
✅ Kun tartibidagi 6 ta masala bo‘yicha ma’lumot berildi
✅ Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari saylandi
✅ Qo‘mita raisi va o‘rinbosarlari aniqlab olindi
✅ Kasaba uyushmaning taftish komissiyasi raisi va tarkibi ochiq ovoz berish orqali tasdiqlandi
🤝 Yangi tashkil etilgan kasaba uyushma qo‘mitasi universitet xodimlarining manfaatlarini himoya qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.




