🎉 Xalqaro Nordik universitetida "Finlyandiya ta'lim kechasi" doirasida nufuzli mehmonlar ishtirokida "Fin tili va madaniyati markazi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
📚 Ramziy mato ochilib, markaz faoliyatiga oid taqdimot o‘tkazildi. Bu joy:
✅ Fin madaniyati durdonalarini jamlagan
✅ Fin mualliflarining kitoblari bilan boyitilgan
✅ Finlyandiya haqida yaxlit tasavvur hosil qilish uchun mo‘ljallangan
🇫🇮 Markazdagi bezaklar va madaniy aksentlar fin mehmonlarining ko‘nglini faxr va iftixorga to‘ldirdi.




