🎓 Xalqaro Nordik universitetining Kareliya konferensiya zalida "Finlyandiya ta’lim kechasi" bo‘lib o‘tdi.
🌍 Tadbirga Finlyandiyadan 50 nafar nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi, jumladan:
✅ Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari
✅ Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raysenyan
✅ Kareliya amaliy fanlar universiteti Prezidenti Petri Rayvo
✅ Yirik fin kompaniyalari rahbarlari
🤝 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.




