📌 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 52-moddasida o‘qituvchining jamiyat va davlat rivojiga qo‘shadigan hissasi alohida e’tirof etilmoqda.
🔹 Yangi Konstitutsiyada quyidagilar belgilangan:
✔️ O‘qituvchi mehnati – jamiyat va davlat taraqqiyotining asosi sifatida e’tirof etiladi;
✔️ Sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish, tarbiyalash o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biridir;
✔️ Xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishda o‘qituvchilarning roli muhim sanaladi.
📢 Yangilanayotgan Konstitutsiya o‘qituvchilarning jamiyatdagi maqomini yanada mustahkamlash va ularning huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi!




