Bugun Nordik universitetiga Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi Ms Katarine Lindstedt, Iqlim va atrof-muhit bo‘yicha maxsus elchi va maslahatchi Ms Edith Vakkilainen tashrif buyurdilar.
Nordikda namoyish etilayotgan fin sayyohi Karl Gustaf Emil Mannergeym ko‘rgazmasi nufuzli mehmonlar eʼtiborini o‘ziga tortdi va iliq fikrlar bildirdilar.
Uchrashuvda yoshlarning YXHT loyihalaridagi ishtirokini kengaytirish va tobora dolzarb bo‘lib borayotgan suv resurslari masalalarida yangi tashabbuslar xususida konstruktiv munozaralar olib borildi.
Global masalalarda yoshlarning o‘rni va ahamiyati muhimligi eʼtirof etilib, ularga yangi imkoniyatlar yaratish, salohiyatlarini jamiyatlarni rivojlantirish yo‘lida birlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikka kelishildi.




