"Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashini shakllantirishda qanday mexanizmlardan foydalanish kerak?"
"Yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari nimalardan iborat?"
"Ularning ish faoliyatini baholashda KPI tizimi qanday ishlab chiqiladi?"
🗣 Bu va shu kabi muhim savollarga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarda javoblar berilmoqda.
📌 Ishtirokchilar yoshlarga oid davlat siyosatidagi yangi tashabbuslar bilan yaqindan tanishmoqda, shuningdek, tizimga yangiliklar olib kirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishmoqda.




