1-4-kurslarda o‘qish davomida ingliz, rus tillaridan tashqari fin tilini ham mukammal o‘rganmoqchimisiz❓
➡️ Yozgi ta'tilda Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi davlatlarda ish va sayohat (Work and Travel) dasturlarida qatnashishni istaysizmi❓
➡️ 2-kursdan keyin o‘qishni Finlyandiya universitetlarida davom ettirib, ikki tomonlama (double degree) diplom olishni xohlaysizmi❓
🎓 Unda O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan universitet - Xalqaro Nordik Universiteti (Nordic International University)da ta'lim olishga taklif qilamiz!
Xalqaro Nordik Universiteti:
* Kareliya amaliy fanlar universiteti,
* "Nokia" transmilliy korporatsiyasi,
* “ISKU” kompaniyasi,
* “Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK)” umumta'lim maktabi,
* Solar Finland va Finnish Water Forum kabi o‘nlab fin kompaniyalari bilan rasmiy hamkorlikda tashkil etilgan.
🚀 Xalqaro Nordik Universiteti talabalarga bakalavr bosqichidan so‘ng hamkor xorijiy davlatlardagi yetakchi kompaniyalarda ishlash yoki o‘z biznes start-up loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini ham taqdim etadi.




