Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Seminar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va monitoring, innovatsion yondashuvlar bo‘yicha maʼruzalar tinglandi.
Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlari doirasida tarjima metodikasi, raqamli ta’lim, gender tarbiyasi hamda transport-logistika integratsiyasi kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi, amaliy tajribalar almashildi.
Seminarda yosh olimlar ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirish va amaliyotga tatbiq etish borasida muhim ilmiy yo‘nalishlar oldilar.







