Imtihon jarayoniga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror G‘ulomov raislik qildi.
Mazkur imtihon OAKning belgilangan Nizomi asosida o‘tkazilib, izlanuvchilarning tadqiqot yo‘nalishidagi bilimlari, tahlil va strategik fikrlash qobiliyati, maxsus fanlardagi kasbiy malakasi sinaldi va baholandi.







