Mazkur jarayonda izlanuvchilarning nazariy bilimlari bilan birga ilmiy-tadqiqot olib borish ko‘nikmalari, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyati, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash salohiyati ham sinovdan o‘tkazildi.
Imtihon davomida maxsus fanlar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ilmiy yondashuv, muammolarni kompleks tahlil qilish va samarali yechim ishlab chiqish ko‘nikmalari baholandi.
Malakaviy sinov jarayonida ilmiy izlanishlarning sifatini oshirish, zamonaviy menejment tafakkuriga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash hamda oliy ta’lim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlashga ahamiyat qaratilmoqda.







